Van Deyk: “Oltin to'p” odatda hujumchilarga beriladi. Ammo...”

“Livperpul” himoyachisi Virjil van Deyk o'zi favorit hisoblanayotgan “Oltin to'p” sovrini haqida gapirib o'tdi.

“Odamlar meni “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatorida tilga olishmoqda. Bu men uchun sharaf. G'oliblarni aniqlovchi insonlarning fikri muhim. O'ylashimcha, yomon mavsum o'tkazmadim. Buyog'iga yangi mavsumga munosib hozirlik ko'rib, kerakli “forma”ga kirib olishim muhim. Umid qilamanki, yangi mavsum avvalgisidan yanada omadli kechadi.

Himoyachilar kamdan kam holatda “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishadi? Tushunaman, bu kabi sovrinlar odatda hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachilarga nasib etadi. Chunki ularning harakatlarini kuzatish qiziqarli. Ammo bu narsani o'zgartirishni vaqti keldi”, deya van Deykning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Liverpul” matbuot xizmati.

Joriy mavsumda 28 yoshli gollandiyalik himoyachi  jamoasi bilan Yevropa chempionlari ligasida g'olib chiqdi hamda APLning kumush medallariga sazovor bo'ldi.


Manba: "Ливерпуль" ФК сайти