Van der Vaart "Real"dan O'zil sabab ketgan

Alisher
13 mar 2021, 10:22
"Real" sobiq yarim himoyachisi Rafael van der Vaart "qirollik klubi"dan "Tottenxem"ga o'tish sababini ochiqladi.

"Mourinyu - ajoyib murabbiy, biz u bilan ikki mavsum "Real"da hamkorlik qilganmiz. U halol yigit. Aytishim mumkinki, u bilan ishlagan har bir inson u haqida yaxshi gap gapiradi.

U bir marta menga aytgandi: "Rafa, men O'zilni sotib olmoqchiman, shu sabab sening klubdan ketishing yaxshi bo'lar edi. Agar qolsang ham muammo yo'q, ammo sen zaxiraga o'tirish uchun juda kuchlilik qilasan. O'zingni boshqa joyda ko'rsatishga harakat qil. Men esa "shporlar"ga bordim", - deydi Rafael van der Vaart.

E'tiborlisi, Joze Mourinyu hozirda aynan "Tottenxem"da ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: talkSPORT