Van de Bek "Manchester Yunayted"ni "Real Sosedad"ga o'zgartirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 15:57
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini "Real Sosedad"da davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Noticias de Gipuzkoa" xabar berdi. 

Klublar kelishuv shakli va summasi borasida haligacha kelishib olishmagan. "Real Sosedad" ham hali niderlandiyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani yo'q. 

Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 13 million evroga baholamoqda. Uning "Manchester Yunayted" bilan bitimi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Noticias de Gipuzkoa