Van de Bek: "Bergveyn meni "Tottenxem"ga chaqirgandi"

Mirjalol Normatov
6 sen 2020, 17:31
"Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi Donni van de Bekning aytishiga ko'ra, Steven Bergveyn uni "Tottenxem"ga chaqirgan.

Van de Bek hamda Bergveyn Niderlandiya milliy termasida birga o'ynaydi.

"Bergveyn menga "Tottenxem"ga o'tishga rozilik berishim mumkinligi haqida yozgandi. Biroq "Manchester Yunayted" foydasiga qaror chiqarishni istadim.

Navbatdagi qadamni tashlash kerak edi, buni ich-ichimdan his qilib turgandim. Shu boisdan agentimga qo'ng'iroq qilib, ishlarni tezlashtirishni so'radim. Tezda kelishib oldik", - dedi van de Bek.

Eslatib o'tamiz, xavbek MYU bilan 5+1 ko'rinishidagi shartnomaga imzo chekdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal