Van de Bek agentidan "Real"ga transferini tashkil etishni so'radi

Alisher
23 okt 2021, 16:52
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek klubdan ketishni xohlamoqda.

24 yoshli niderlandiyalik futbolchi o'z agentidan "Real"ga o'tishini tashkil etishni so'radi.

Van de Bek "Manchester Yunayted"ga "Ayaks"dan 2020 yilning sentyabr oyida 39 million evro evaziga o'tgan edi.

Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsum "qizil iblislar" safida 3ta o'yinda maydonga tushib, maydonda 141 daqiqa o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central