Van Damme kokain istemol qilgani uchun ikki yilga diskvalifikaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2016, 18:30
Belgiya klubi hisoblangan "Mexelen" yarim himoyachisi Yoaxim Van Damme kokain istemol qilgani uchun ikki yilga diskvalifikaciya qilindi.

24 yoshli futbolchi 16 yanvar kuni "Vesterlo"ga qarshi Belgiya chempionatining 22-tur uchrashuvidan so'ng taqiqlangan moddaga topshirgan testi ijobiy chiqqan. U yanvar oxirida vaqtincha diskvalifikaciya qilingan edi, fevralda muddat uzaytirildi. Endi esa rasmiy qaror e'lon qilindi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Standaard