"Valyadolid" bosh murabbiyini iste'foga chiqardi

Mirjalol Normatov
25 may 2021
"Valyadolid" matbuot xizmati bosh murabbiy Serxio Gonsales iste'foga chiqarilganini ma'lum qildi.

2018 yildan buyon jamoani boshqarib kelgan mutaxassis bilan birga klub sport direktori Migel Anxel Gomes ham ishdan ketgan.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum yakunlariga ko'ra, "Valyadolid" Segundaga tushib ketadigan bo'ldi. So'nggi turda jamoa "Atletiko"ga yutqazdi.

Ushbu klubning 82 foiz akciyasiga "Real"ning sobiq forvardi Ronaldo egalik qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal