Valverde "Liverpul"ga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi

Alisher
13 apr 2021, 13:36
Madridning "Real" klubi xavbeki Federiko Valverde CHL 1/4 final "Liverpul"ga qarshi javob o'yiniga tayyor bo'ladi.

"Qirollik klubi" tibbiy shtabi bosh murabbiy Zinedin Zidanga o'yinchi bahsga qadar tayyor bo'lishiga vada berdi. Agar zaruriyat bo'lsa, Valverde maydonga ukol olib chiqadi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi Ispaniya chempionati doirasidagi "Barselona" (2:1)ga qarshi o'yinda mushaklarini jarohatlab olgan edi.

"Liverpul" va "Real" o'rtasidagi javob o'yini ertaga bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca