Valverde Kroyffdan o'tib ketdi

Mirjalol Normatov
21 okt 2018, 11:01
"Barselona" Ispaniya chempionatining 9-turida "Sevilya"ni mag'lub etdi.

Bu "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Ernesto Valverde uchun Primerodagi 180-g'alaba bo'ldi. U ushbu natijasi orqali afsonaviy Yoxan Kroyffni ortda qoldirdi (179).

Velverde ligada eng ko'p g'oliblikni qo'lga kiritgan murabbiylar reytingining 9-pog'onasiga chiqib oldi. Bu ro'yxatning yetakchisi Luis Aragones turibdi (344).

Valverde "Barsa"ga qadar "Valensiya", "Vilyarreal", "Espanol" va "Atletik" kabi jamoalarda ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana