Valverde Grizmannga tarif berdi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2019, 00:33
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoaga yangi kelib qo'shilgan Antuan Grizmann haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Grizmann bizga juda ham kerak. U yosh, biroq anchagina tajribali. Antuandan ko'prog'ini kutyapmiz. U "Barselona"ga katta foyda keltira oladi. Grizmann juda tez o'ynaydi, bo'sh hududlarni ko'ra oladi va vaziyatlardan unumli foydalanadi. Uning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz", - dedi Valverde.

"Barselona" 28 yoshli futbolchini "Atletiko"dan 120 million evroga sotib oldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AFP