Valverde diskvalifikaciya qilinmaydi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2023, 20:33
"Real" xavbeki Federiko Valverde "Vilyarreal" xavbeki Aleks Baena bilan bo'lgan mojarosi sababli jazolanmaydi.

O'tgan mavsum LaLiganing 28-turi doirasida "Real" - "Vilyarreal" (2:3) uchrashuvidan keyin Valverde stadion avtoturargohida Baenani kutib turgan va yuziga zarba bergandi. O'shanda Valverde o'yinda Baena uning rafiqasi va farzandini yo'qotishi bilan xazillashgan. Shundan keyin Baena policiyaga murojaat qilgan.

Ish Madrid sudiga oshirildi va u yerdagilar Baenaning dalillari etarli deb hisoblamagan. Valverde o'shanda 5 o'yinga diskvalifikaciya qilinishi kutilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Español