Valverde: "Bu ikki futbolchi o'zaro til topishib keta olishadi"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 12:44
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde hujumchilar Leo Messi va Antuan Grizmann o'zaro til topishib keta olishiga ishonmoqda.

"Yaxshi futbolchilar jamoadan ketishni istasa, unga tezda xaridorlar ko'payib ketadi. Grizmann bizning jamoaga qo'shilganidan xursandman. U juda tez, o'yinni yaxshi o'qiydi. Shu boisdan u bizga kerak futbolchi. Tabiiyki, o'yinimiz Messining atrofida quriladi. Ushbu  ikki futbolchi o'zaro til topishib ketishiga ishonaman", - dedi Valverde.

Grizmann ushbu yozda 120 million evro evaziga "Atletiko"dan "Barselona"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal