Valeriy Karpin O'zbekiston va Eron terma jamoalarini Yevropa termalari bilan solishtirdi

Administrator
26 mar 2023, 23:47
Murabbiyning fikricha Eron Yevropaning bazi terma jamoalaridan kuchli.

Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuvdan so'ng Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpinga Osiyo futboli haqida savol berishdi. 

- Osiyo jamoalari bilan bir nechta o'yinlar o'tkazdingiz. Osiyo futboli darajasi bo'yicha Yevropadan kuchlimi yoki kuchsizmi?

- Bu nima degani? Kim bilan solishtirganda? Fikrimcha, Eron termasi Sloveniya va Slovakiyadan kuchliroq. O'zbekiston? Plyus-minus. Yevropada kuchliroq terma jamoalar ham, kuchsizroq jamoalar ham bor. Osiyoda ham shunday. 

- Osiyo qitasidan Jahon chempionatiga chiqish osonroqmi?

- Qancha jamoa JCHga chiqishi, qanday saralash bo'lishini bilmayman. To'g'risini aystam, buni o'rganib chiqmadim. Osonroq yoki qiyinroqligini aytish qiyin, ammo oson bo'lmasligi aniq. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Спорт Экспресс