"Valensiya" klubining argentinalik himoyachisi Esekel Garay jarohat tufayli bir muddat maydonga tusha olmaydi.
Klub bergan ma'lumotga ko'ra himoyachi taxminan 3 hafta davomida davolanadi. Bu mavsumda Garay Ispaniya chempionatida 8ta o'yinda maydonga tushib 1ta gol urdi.