"Valensiya" futbolchisi zaxira tablosini tepib sindirdi (VIDEO+FOTO)

Aslanov Jasurbek
20 apr 2018, 11:33
"Valensiya" LaLiganing 33-turida "Xetafe"ni qabul qildi.

Bahs 1:2 hisobida mehmonlar g'alabasi bilan yakunlandi. "Valensiya" sardori Dani Parexo esa uchrashuvni tomosha qilganlarning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo'ldi.

Gap shundaki, "ko'rshaplaklar" birinchi golni urganida Parexoga nisbatan qoida buzilgan edi, ammo hakam o'yinni davom ettirib, golni hisobga oldi. Bir necha daqiqadan so'ng "Valensiya" sardori "Xetafe" futbolchisi Xorxe Molinani yiqitdi va hakam uni chetlatdi. Parexo maydonni tark etayotib o'yinda o'zgarishlar bo'ladigan paytda hakam ko'rsatadigan tabloni tepib sindirdi.


Videoni ko'chirib olish (skachat)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru