Valbuena: "Doim ham kuchli jamoa g'olib bo'lavermaydi"

Tolibjon Qosimov
19 sen 2013, 20:20
"Marsel" yarim himoyachisi Mate Valbuena "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Alamli mag'lubiyat bo'ldi, sababi "Arsenal"dan ko'proq vaziyat yaratdik. Biz g'alaba uchun borimizni berdik, ammo doim ham kuchli jamoa g'olib bo'lavermaydi. Bunday yuqori saviyada kichik xato ham qimmatga tushadi. O'tgan mavsumda ham shunday holat sodir bo'lgandi, g'alabaga yaqin turganimizda alamli tarzda ochko yo'qotgandik".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru