Vadim Evseev: "O'runov - Gazizovning loyihasi"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2021, 10:47
"Ufa" sobiq bosh murabbiyi Vadim Evseev yarim himoyachi Oston O'runovning transferi haqida gapirdi.

Uning aytishiga ko'ra, hamyurtimizning kelishi va u borada ishlash "Ufa"ning sobiq bosh direktori Shamil Gazizovning loyihasi bo'lgan.

"O'runov - Gazizovning loyihasi. "Ufa"ga olib kelishmaguncha uni umuman tanimas edim. Kiprdagi yig'inga bir hafta qolganida Gazizov menga: "O'zbekistondan bir yigitcha yig'inlarga keladi. Qarshi emasmisiz?", deb so'radi. U keldi. Ikkinchi yig'indayoq u bilan shartnoma imzolab yubordik", - dedi Evseev.

Yozda O'runovni "Spartak" sotib oldi. 20 yoshli futbolchi ushbu mavsumda RPLning 8 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bombardir