Vadim Abramov Jahon chempionlari bilan uchrashdi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2018, 14:01
Xabaringiz bor, may oyida Rossiyada o'tgan Mehribonlik uyi bolalari tarbiyalanuvchilaridan iborat Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi chempion bo'lib qaytgandi.

Kecha O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi Vadim Abramov 23-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, ushbu dargohda tarbiya topayotgan bolalardan iborat futbol jamoasi bilan uchrashuv o'tkazdi.

"Traktor" va "Lokomotiv" klublari sobiq bosh murabbiyi bolalar bilan suhbatlashdi, ularning savollariga batafsil javob berdi. Yosh futbolchilar uchun master-klass o'tkazdi.

Bolalar Vadim Karlenovichning tashrifidan xursand bo'lishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia