Vadim Abramov: "Finalni Parijda o'tkazishsa, Parijda o'ynaymiz"

Narzulla Saydullayev
11 noya 2014, 11:35
O'zbekiston kubogi finali oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov va himoyachi Islom To'xtaxo'jaev ishtirok etdi.
Vadim Abramov: “Final o'z nomi bilan final! Shu bois qiziq o'yin kutyapman. Muxlislar stadionga ko'proq kelsa kerak, deb o'ylayman”.

Islom To'xtaxo'jaev: Yaxshi tayyorlandik, juda qiziq o'yin bo'ladi. Chempion bo'lolmaganimizdan afsusdamiz. Lekin shashtimiz tushib ketmagan.

- Ivan Nagaev afsuski shug'ullanmayapti. Xozircha Nagaevsiz o'ynaymiz, unga kelasi yilga umid qilamiz.

- Final Toshkentda bo'lgani yaxshi edi, chunki finalda ikkita poytaxt klubi o'ynaydi. Lekin Parij deyishsa Parijda o'ynaymiz!

- Chempionatda g'alaba qozona olmaganinizni bir necha sabablari bor. Hozir gapirsam yaxshi bo'lmaydi. "Bunyodkor" bizning principial raqibimiz hisoblanadi.

- O'zbekistonda tajribali hakamlar juda ko'p. Finalga xorijdan hakam taklif etilishini ochig'i tushunmadim. Lekin bu savol aslida menga emas...

- "Bunyodkor"ning so'nggi o'yinining oxirida 3ta gol o'tkazgani shunchaki tasodif. Bu yerda hech qanday reja yo'q deb o'ylayman.


Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi 12 noyabr kuni soat 17:00da boshlanadi. Bahs Olmaliq shahridagi "Olmaliq" stadionida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia