"UzReport TV" bugun Germaniya va Ispaniya ishtirokidagi o'yinlarni namoyish etadi

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2016, 14:24
Bugun Evro-2016 bahslari davom ettiriladi.
"Bugun Evro-2016 3-turi doirasida 4ta uchrashuv bo'lib o'tadi. "UzReport TV" telekanali shulardan 2tasini "jonli" efirda namoyish qiladi.

Soat 20:45da Shimoliy Irlandiya - Germaniya, soat 23:45da Xorvatiya - Ispaniya o'yinlari to'g'ridan-to'g'ri namoyish qilinadi.

Ertaga soat 12:45da Ukraina - Polsha, soat 15:45da Chexiya - Turkiya o'yinlari yozib olingan holda namoyish etiladi", - deb yozadi Uzreport TV telekanali Sport tahririyati bosh muharriri Yoqubjon Bobojonov tvittyerdagi o'z sahifasida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia