Usmon Toshev: "Malaka oshirish bo'yicha muzokara ketayapti"

Tolibjon Qosimov
20 fev 2020
Kecha saytimizda OFK instruktori, bugunda Tojikiston MTJ bosh murabbiyi Usmon Toshevni Ispaniyada malaka oshirishi borasida xabar chiqqandi.

O'zbekistonlik mutaxassis Madridning “Atletiko” klubida malaka oshiradi

Bu xabarga oydinlik kiritish maqsadida mutaxassis bilan bog'landik.

- Hali yakuniy qarorga kelingani yo'q. Hujjatli ishlar to'liq bitmagan. Ammo shuni harakatidamiz. Albatta, bu ish amalga oshadigan bo'lsa, men talim berayotgan shogirdlarim uchun ham foyda bo'ladi. Lekin hozir aniq bir gap ayta olmayman. Agar rejalar amalga oshadigan bo'lsa, albatta bu haqda xabar beraman.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia