Usmon Dembele ertaga maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2018, 15:32
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele klub tibbiy shtabidan maydonga tushish va rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etish uchun ruxsat oldi.

Shunday qilib, 20 yoshli fransiyalik 4 yanvar kuni "Selta"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi 1/8 finalining ilk uchrashuvida maydonga tushishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Dembele 2017 yilning sentyabrida jarohat olganidan so'ng maydonga tushmagan edi. Fransiyalik Kataloniya klubi safida 3ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com