Ushbu yozda “Real”dan ketishi va jamoaga kelishi mumkin bo'lganlar (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
17 may 2014, 16:47
Chempionlar Ligasining finaliga yetib borgan madridliklarning tarkibida bo'lishi mumkin bo'lgan o'zgarishlar haqida ikki og'iz...

Kelishi mumkin bo'lganlar:

Luis Suares
Narxi: 52 million evro (transfermarkt.de)


“Men “Liverpul”dan ketmayman” deydigan futbolchi oltin medallardan quruq qolgani sababli o'z jamoasini o'zgartirishi mumkin.


Filippe Koutino
Narxi: 20 million evro


Koutino ham aynan chempionlikdan mahrum bo'lganligi sababli klubdan ketishi mumkin.


Arturo Vidal
Narxi: 44 million evro


Jamoadan ketishi mumkin bo'lgan Xabi Alonsoning o'rniga klub bosh murabbiyi chililik Arturo Vidalni mo'ljallamoqda.


Pol Pogba
Narxi: 45 million evro


Matbuotda vaqti-vaqti bilan Pogbaning transferi borasida xabarlar tarqalib turdi.


Alberto Moreno
Narxi: 15 million evro


Ayni paytda ishonchlarni oqlay olmayotgan Koentrauning o'rniga Morenoning kelish ehtimoli mavjud.


Ketishi mumkin bo'lganlar:

Karim Benzema

Narxi: 15 million evro


Ora-sirada uch metrdan bo'sh darvozani ishg'ol qilib turadigan Benzemaga Arsenal, Yuventus va Liverpul jamoalari tomonidan qiziqish bor.


Rafael Varan
Narxi: 24 million evro


Mourinyo davrida futbolchini klubning kelajagi sifatida ko'rishayotgan edi. Lekin Anchelotti uni zahiraga mixlab qo'ydi.

Isko
Narxi: 35 million evro


Manuel Pellegrini “Manchester Siti” tarkibiga “ispan koloniya”sini yig'moqda. U “shaxarliklar” tarkibiga o'zining “Malaga”dagi sobiq futbolchisini qo'shib olmoqchi.

Sami Xedira
Narxi: 22 million evro


Sherigi Mesut Ozilning jamoadan ketganidan so'ng futbolchi avvaliga zerikib qoldi. So'ngra jarohati sababli 7 oyni maydondan tashqarida o'tkazib yubordi. Unga “Zenit” va “Manchester Siti” jamoalaridan qiziqish bildirilmoqda.

Alvaro Morata
Narxi: 12 million evro


Ayni paytda Morata oldida 3 ta yo'l turibdi. “Arsenal” tarkibida to'p surish, “Inter”ga borib milanliklar safida harakat qilish yoki “Real” zahira o'rindig'ini “gullatish”da davom etish.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia