Urugvayga qarshi bahsda Braziliyada Vinisius o'rnini kim egallaydi?

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2024, 13:05
Braziliya terma jamoasi safida Vinisius o'rnini kim egallashi ma'lum bo'ldi.

Urugvayga qarshi Kopa Amerika chorak final bahsida braziliyaliklarning 17 yoshli hujumchisi asosiy tarkibda maydonda tushadi.

Vinisius sariq kartochkalar soni tufayli diskvalifikaciya bo'lgan.

"Biz muhim futbolchidan ayrildik, ammo bu yosh futbolchi o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat. Endrik porlaydigan vaqt keldi" - dedi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Endrik avvalgi uchta bahsda zaxiradan maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN