Uolkott va Oksleyd-Chemberlen "Bavariya"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi
Aslanov Jasurbek
29 okt 2015, 12:43
"Arsenal" hujumchisi Teo Uolkott va yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasining 4-turida maydonga tusha olmaydi.
O'yin 4 noyabr kuni Myunxenda bo'lib o'tadi.
Oksleyd-Chemberlen va Uolkott "Sheffild"ga qarshi Angliya liga Kubogi uchrashuvida (0:3) jarohat oldi. Uolkott ikki haftadan so'ng safga qaytadi, Oksleyd-Chemberlenga esa ko'proq vaqt kerak bo'ladi.