Uolker nima uchun Manchester Siti"ga o'tishga qaror qilganini aytdi

Tolibjon Qosimov
15 iyul 2017, 16:30
Angliya terma jamoasi futbolchisi "Manchester Siti" a'zosiga aylanganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Avvalroq, uning transfer summasi 50 million funtni tashkil qilgani haqida xabar qilingandi.

"Manchester Siti" katta klub. Bizga sovrin kerak bo'ladi. Men aynan shuning uchun bu erga keldim. Chunki, hozircha sovrinlarim ko'pligi bilan maqtana olmayman.

"Tottenxem" ajoyib klub. Menga shu darajaga yetib kelishimda yordam berdi. U yerda Pochettino qo'l ostida ko'p narsa o'rgandim. Ammo, yana oldinga intilish kerak", - deydi himoyachi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/ManCity