Umtiti yanvarda "Liverpul"ga o'tishdan bosh tortdi

Alisher
7 fev 2021, 17:21
"Liverpul" qishki transferlar oynasida himoyachilar qidirish harakatiga tushgandi.

Mersisaydliklar "Barselona" o'yinchisi Samuel Umtiti variantiga murojaat qilishdi, ammo u Kataloniya jamoasidagi tarkib uchun kurashmoqchi va shu sabab "Liverpul"ga rad javobini berdi.

Umtiti "Barselona"ning so'nggi 3ta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq harakat qildi.

Eslatib o'tamiz, 27 yoshli fransiyalik o'yinchi "Barsa"ga 2016 yilda "Lion"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic