Umtiti kelajagi borasida qaror qabul qildi

Mirjalol Normatov
18 mar 2018, 15:55
"Barselona" himoyachisi Samyuel Umtiti kelajagi borasida qaror qabul qildi.

Oldinroq Umtitiga "Manchester Yunayted"dan taklif bo'layotgani haqida ma'lumotlar berilgandi. "Qizil iblislar" 24 yoshli himoyachi uchun 60 mln evrodan voz kechishga tayyor.

"El Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, Umtiti baribir jamoada qolishga ahd qilgan va "Barselona" tarkibida uzoq yillar o'ynamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Mundo Deportivo