Umid Ahmadjonov O'zbekiston ayollar OTJ bilan uchrashdi

1 apr 2019, 22:30
Xabaringiz bor, yana ikki kundan so'ng poytaxtimiz Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi saralashning ikkinchi bosqichiga mezbonlik qiladi.

 Guruh bosqichi tizimida kechadigan mazkur saralash bahslarida O'zbekiston, Gongkong, Iordaniya va Vetnam terma jamoalari bir kvartetdan o'rin olishgan. O'zbekiston ayollar OTJ mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Musobaqa boshlanishi arafasida bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Chig'atoy terma jamoalarni tayyorlash markazida ayollar OTJ bilan uchrashdi. Suhbat davomida MOQ prezidenti futbolchi qizlarga omad tilar ekan, ularda o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochish uchun juda yaxshi imkoniyat borligini alohida ta'kidladi.

E'tibor bergan bo'lsangiz, shu paytga qadar O'zbekiston Olimpiya, jumladan, ayollar OTJga bunchalik katta e'tibor qaratilmagan. Biz barcha yaxshi sharoitni yaratishga harakat qildik. Xorijiy o'quv-yig'in mashg'ulotlari, kuchli terma jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari va shu kabi barcha kerakli narsalar yaratildi. Siz o'zbek futboli tarixida yangi sahifa ochishingiz mumkin va sizlarda birinchi bo'lib Olimpiya o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritish imkoniyati bor. Buning uchun bor kuchingizni ishga solib, musobaqani yorug' yuz bilan yakunlashingizga umid qilib qolamiz. Ana shu saralash bosqichidan eson-omon o'tib olsangiz, sharoitlarni yanada yaxshilashga, sizlar uchun o'rtoqlik uchrashuvlari, xorijiy o'quv-yig'in mashg'ulotlarini tashkil etishga harakat qilamiz va bu masalada hech qanday muammo bo'lmaydi. Eng muhimi ana shu saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib olish.

Oddiygina misol, futbolchilarimiz 1994 yil Xirosimada Osiyo o'yinlarining chempioni bo'lgan va o'sha tarixiy g'alaba hozirgacha eslanadi va yodga olinadi. Sizlarda ham ana shunday tarix yaratish imkoniyati bor. Shunday ekan, fursatni qo'ldan boy bermang, – dedi Umid Ahmadjonov.

 

Olimpiya terma jamoasi qizlari bilan uchrashuv yakuniga etgach, Umid Ahmadjonov Chig'atoy terma jamoalarni tayyorlash markazida yangi bunyod etilgan futbol maydonini borib ko'zdan kechirdi. Shuni takidlash lozimki, Gollandiyaning Xatko kompaniyasi yuqori sifatli, eng zamonaviy texnologiyalarga javob bera oladigan sun'iy qoplamali maydonni yotqizib berdi. E'tiborlisi, tabiiyga juda yaqin ushbu sun'iy qoplamali maydon Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.

 

O'xshash yangiliklar


Manba: ufa.uz