Umid Ahmadjonov “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuviga tashrif buyuradi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2018, 21:27
Joriy yilning 17 mart kuni Superliganing 3-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvida Namangandagi stadionda haqiqiy futbol bayrami bo'lishi kutilmoqda.

“Navbahor”ning joriy mavsumdagi o'z maydonidagi ilk uchrashuvda katta futbolni sog'ingan muxlislar stadionni to'ldirishi aniq. Mazkur o'yinni kuzatib borish uchun O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov Namanganga tashrif buyuradi.

O'yin boshlanishidan avval stadionga yig'ilgan muxlislar uchun estradamiz yulduzlari chiqish qiladi. Jumladan, Namangandagi mavsumning ochilish uchrashuvida O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan stadionga keladigan muxlislar uchun sovg'a sifatida Jasur Umirov, “Bojalar” guruhi va Nilufar Usmonova kuylaydi.

Namangandagi barcha futbol muxlislarini katta futbol bayramiga taklif etamiz. Eslatib o'tamiz, “Navbahor” – “Lokomotiv” uchrashuvi 17 mart kuni soat 20:00da boshlanadi.  



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com