Umid Ahmadjonov Andijonga tashrifni Sho'rbuloqdan boshladi

Aziz Tukhtamuradov
2 fev 2018, 10:34
Xabar qilganimizdek, bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va futbol assotsiatsiyasining birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ishchi guruh bilan birgalikda Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy saytining xabar qilishicha, Umid Ahmadjonov tashrifni "Sho'rbuloq futbolga ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internati" faoliyati bilan tanishishdan boshladi. U yerda MOQ rahbari yosh futbolchilar bilan suhbatda bo'ldi. Maktab tarbiyalanuvchilarining mashg'uloti, ruxiy tayyorgarligi, kiyim-kechagi, eb-ichishi, ovqatlanish racioni kabi jihatlarga qadar e'tibor qaratildi. Mashg'ulot jarayonlari kuzatildi. MOQ rahbari maktabga qabul qilish mezonlariga qiziqdi. 

Umuman, bu borada talab kuchaytirilishi lozim, tizimni qayta ko'rib, to'g'ri yo'lga qo'yish kerak. Masalan, Xitoydagi Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan futbolchilar ichida Andijon futbol maktabi tarbiyalanuvchisi yo'q. Shu jihatga ham O'FA birinchi vice-prezidenti alohida e'tibor qaratdi. 

Ma'lumot uchun, ushbu futbol maktabida 10-17 yoshli 170 nafar futbolchi tahsil olmoqda. 

Bu yerda akademiya tashkil qilish uchun barcha imkoniyatlar etarli. Shu sababli, Sho'rbuloqda  ushbu maktab o'rnida Andijon futbol akademiyasini yaratish g'oyasi ilgari surildi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia