Umarovdan so'ng, “Energetik-BGU” sardori ham BATE bilan shartnoma imzoladi

Eldor Akmurzayev
30 sen 2020, 21:45
Avvalroq, Shohboz Umarov borisovliklar bilan kelishib olgani haqda xabar bergandik.

“Energetik-BGU” rasmiy sayti manbasiga ko'ra, jamoa sardori Aleksey Nosko ham dushanba kuni BATE bilan shartnoma tuzgan. Bitim xuddi Umarovniki kabi 2021 yilning yanvarida o'z kuchiga kiradi. 

24 yoshli Nosko Belarus chempionati joriy mavsumida 24 o'yinda qatnashib, 1+2 natija ko'rsatgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: energetikbgu.by