Umarali Rahmonaliev: "Barchasi yaxshi bo'ldi faqat natijadan tashqari. Ispaniya hisobni saqlab qolish uchun zich himoyalandi"

Абдулвосит Бектемиров
25 iyul 2024, 11:30
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliev Ispaniya qarshi kechgan (1:2) dastlabki uchrashuvdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'yin haqida

- Musobaqani boshlab oldik. O'yin teng kurashlarga boy bo'ldi. Umumiy o'yinga baho beradigan bo'lsak, barchasi yaxshi bo'ldi faqat natijadan tashqari.

- O'zbekiston tarixidagi debyut bo'lgani sababli, sizlarga bugun qanchalik qiyin bo'ldi? Bosim bo'ldimi?

- Bizda hech qanday qanday hayajon ham bosim ham bo'lgani yo'q. Aksincha Olimpiyadadagi debyut o'yinimiz bo'lgani uchun biz uchun qo'shimcha motivaciya bo'ldi.

- Keyingi raqiblarimiz haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Keyingi raqiblarimiz ham kuchli jamoalar hisoblanishadi, chunki ular ham olimpiya o'yinlarida ishtirok etishmoqda. Har bir raqibni hurmat qilgan holda o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- O'yin so'nggida hujumga zo'r berdik, ammo hisobni tenglashtira olmadik. Gol ura olmaganimizga nima sabab bo'ldi? Ispaniya o'yir so'ngida bunday zich himoyalanishini kutganmidingiz?

- Maydonga g'alaba uchun tushgan edik, shuning uchun so'nggi daqiqalarda bor e'tiborimizni hujumga qaratdik. Zich himoyani hisobni saqlab qolish qo'llaniladi. Ispaniya ham ushbu uslubdan foydalandi.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia