Ulug'bek Ro'zimov xotirasiga bag'ishlangan uchrashuv o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2017, 18:18
"Paxtakor" va O'zbekiston milliy terma jamoalarining sobiq himoyachisi Ulug'bek Ro'zimov xotirasiga atab 28 noyabr kuni xotira uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ro'zimov 1994 yil Xirosimada o'tgan Osiyo o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi bilan g'alaba qozongan va futbolimiz tarixidan o'rin olgan. Vafot etguniga qadar u "Paxtakor" futbol akademiyasida murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi. Uning xotirasiga bag'ishlangan o'yinda "Paxtakor" va O'zbekiston terma jamoasi faxriylari maydonga tushishadi.

Uchrashuv "Paxtakor" stadionida 28 noyabr, seshanba kuni 14:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz