Ulug'bek Baqoev: “Dinamo” ustidan g'alaba oson qo'lga kiritilgani yo'q”

Narzulla Saydullayev
30 okt 2019, 15:41
Superliganing 23-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” – “Dinamo” (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

“Dinamo”ni yutdik, lekin o'yin og'ir bo'lishini bilardik, birinchi bo'limda durang o'ynadik ikkinchi bo'limda omadimiz keldi, ketma-ket gollar urdik. G'alaba osonlikcha qo'lga kiritildi deb o'ylashimiz mumkin, aslida esa qiyinchilk va mehnat bilan erishildi. Superliga tugashiga uchta tur qoldi, har bir bahsga faqat g'alaba uchun chiqamiz. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi”, - deydi Ulug'bek Baqoev.

"So'g'diyona" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia