Ulug'bek Baqoev: "Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi"

Narzulla Saydullayev
21 avg 2019
Soca Cola O'zbekiston Kubogining chorak finalidan o'rin olgan So'g'diyona - Bunyodkor (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Uchrashuv har ikkala jamoaning hujumlari ostida o'tdi. Biz ham Bunyodkor ham navbati bilan hujumlar uyushtirdi. Qo'shimcha daqiqalarda gol o'tkazib yuborish albatta alam qiladi. Lekin bu - futbol!

Bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Bugungi o'yinda qo'llab-quvvatlab turgani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman! Bunyodkorga keyin bahslarda omad tilayman!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Бунёдкор” матбуот хизмати