Ulug'bek Baqoev: Barcha jabhada raqibga imkoniyatni boy berdik

Mirjalol Normatov
16 sen 2018, 12:45
Superliganing 23-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Buxoro” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev quyidagicha fikr bildirdi:

Bugun “Bunyodkor” jamoasi bizni barcha jabhada mag'lub etdi va haqli g'alaba qozondi. Ayniqsa, birinchi bo'limda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik va gollar o'tkazib yubordik. Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. Zero ular bugun bizdan ko'ra tezkorroq o'yin namoyish etishdi. Jamoa yutqazsa, ayb murabbiy gardaniga tushadi. Demak, bugungi mag'lubiyatimizdagi ayb mening zimmamda, - dedi mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: pfl.uz