
“80 daqiqa davomida ajoyib futbol namoyish etdik. “Manchester Siti”dek jiddiy raqibni safarda mag'lub etganimizdan xursandmiz. Avvalgi shunga o'xshash jiddiy o'yinlarning qay birida katta natijaga erishganimizni eslolmayman. Biz deyarli butun o'yin davomida to'pni boshqarib turdik va ajoyib futbol namoyish etdik.
Jamoani va bosh murabbiyni bu g'alaba bilan tabriklayman”, - deydi Xeness.