"Ufa" futbolchilarining koronavirus uchun topshirgan testlari natijasi ma'lum bo'ldi

Alisher
25 iyun 2020, 14:15
24 iyun kuni "Ufa" futbolchilari koronavirus uchun test topshirishdi.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

25 iyun kuni klub matbuot xizmati barcha testlar salbiy natija berganini tasdiqladi. Testdan o'tish RPL 24-tur doirasidagi "Spartak"ga qarshi o'yin oldidan bo'lib o'tdi.

Oldinroq, "Tambov"ga qarshi o'yin oldidan "Ufa"ning ikki futbolchisi - hujumchi Andres Vombergar va yarim himoyachi Igor Bezdenejniy kasallikka chalingani va jamoaning boshqa o'yinchilari bilan aloqa qilgani aytilgan edi.

Eslatib o'tamiz, "Ufa" 23 turdan so'ng jadvalda 30 ochko bilan 8-o'rinda bormoqda.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif