Uels hujumchisi jarohat tufayli Evro-2016ni o'tkazib yuboradi
Narzulla Saydullayev
26 may 2016, 10:15
"Uolsoll" klubi hujumchisi Tom Bredsho Yevropa chempionatiga bora olmaydi.
23 yoshli Uels milliy terma jamoasi safida mashg'ulot vaqtida jarohat oldi. Tiklanish uchun bir oy vaqt kerak bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Uels guruh bosqichida Angliya, Rossiya va Slovakiya terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.