UEFA yaqin vaqtlarda "Turkiya ishi"ni ko'rib chiqadi

Mirjalol Normatov
13 okt 2019
UEFA Turkiya termasining Albaniya darvozasiga kiritgan g'alaba golini nishonlashi borasidagi ishni ko'rib chiqadi.

Jenk Tosunning 90-daqiqada urgan golidan keyin turkiyalik futbolchilar suriyalik terrorchilarga qarshi kurashayotgan Anqara operaciyasida qatnashayotgan askarlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida golni shu tariqa nishonlashdi.

UEFA tartib-intizom qo'mitasi qoidalari 16-bandi 2-moddasiga ko'ra, gollarni siyosiy, diniy yoki xaqoratomuz tarzda nishonlash mumkin emas. Shu boisdan yaqin vaqtlarda Turkiya FF uchun sankciya choralari qo'llaniladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express