UEFA Superkubogini tomosha qilish uchun Tbilisida katta ekran o'rnatiladi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2015, 14:16
UEFA Superkubogi uchrashuvini tomosha qilish uchun Tbilisiga katta ekran o'rnatiladi.

Bu haqda Gruziya futbol federatsiyasi marketing bo'yicha menejeri Tata Burduli ma'lum qildi. "Barselona" va "Sevilya" o'rtasidagi UEFA Superkubogi uchun o'yin 11 avgust, Boris Paychadze nomidagi "Dinamo-Arena" stadionida bo'lib o'tadi. Ekran stadiondan 4 km. uzoqlikda joylashgan Vake bog'iga o'rnatiladi.

"Barselona" - "Sevilya" uchrashuvi uchun chipta xarid qila olmagan muxlislar o'yinni katta ekranda tomosha qilishi mumkin" - deydi Burduli.

"Dinamo-Arena" o'z bag'riga 54 ming muxlisni sig'dira oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com