UEFA prezidenti Qozog'istonda saylanadi

Оқил Абдубарноев
14 fev 2026, 23:16
Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 51-kongressini Qozog'iston poytaxtida o'tkazishini rasman e'lon qildi. Mazkur tadbir 2027 yil 4 mart kuni bo'lib o'tadi.

Qaror Bryussel shahrida o'tkazilgan 50-kongress davomida ma'lum qilindi. Belgiya poytaxtidagi anjumanda Qozog'iston futbol federatsiyasi bosh kotibi David Loriya ham ishtirok etdi.

Qozog'istonda o'tadigan 51-kongress saylov kongressi bo'ladi. Yig'ilish davomida UEFA prezidenti hamda Ijroiya qo'mitasi a'zolari saylanadi. Yevropa futbolining keyingi yillardagi taraqqiyot yo'nalishini belgilaydigan muhim qarorlar aynan shu anjumanda qabul qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: 1bol.kz