UEFA Neymar borasidagi qarorni e'lon qildi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2019, 23:27
UEFA PSJning Neymarning YCHLdagi uch o'yinlik diskvalifikaciyasi borasidagi appelyaciyasini qabul qilmadi.

Forvard "Manchester Yunayted"ga (1:3) qarshi o'tgan javob o'yini yakunlariga ko'ra jazolangandi. O'shanda braziliyalik jamoasiga belgilangan penalti va o'yinga qo'shib berilgan qo'shimcha daqiqalar ko'pligi sababli hakamni haqorat qilgandi.

Neymar qaysi jamoada o'ynashidan qati nazar YCHLdagi navbatdagi uch o'yinni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com