UEFA Ispaniya va Italiya termalarining o'yinlariga hakamlar tayinladi

Mirjalol Normatov
1 iyul 2021, 00:10
Evro-2020ning chorak finali dastlabki ikki uchrashuvi uchun hakamlar tayinlandi.

Unga ko'ra, Sankt-Peterburgda o'tadigan Shveytsariya - Ispaniya uchrashuvini Maykl Oliver boshqarib boradi. Unga qanotlarda Styuart Bert va Saymon Bennet yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida Ovidiu Xacegan ishlaydi.

Belgiya va Italiya termalari ishtirokidagi uchrashuvni esa sloveniyalik Slavko Vinchich ishlaydi. Qanotlarda  Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich ishlaydi. To'rtinchi hakam sifatida argentinalik Fernando Andres Rapallini ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, Shveytsariya - Ispaniya uchrashuvi 2 iyul kuni 21:00da start olsa, Belgiya - Italiya uchrashuvi 00:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com