UEFA Chempionlar ligasi finalini AQSHda o'tkazishi mumkin

Administrator
11 fev 2025, 23:06
UEFA va Yevropa klublar associacisi (ECA) Chempionlar ligasi finalini AQSHda o'tkazmoqchi.

Tashkilot Amerikaning Relevent Sports marketing agentligi bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Tomonlar 2027 yildan 2033 yilgacha shartnoma tuzishi mumkin.

UEFA ayni damda hamkorlik qilayotgan marketing agentligi TEAM Marketing hisoblanadi. Tomonlar deyarli 30 yildan buyon hamkorlik qilishadi.

UEFAning Relevent Sports bilan hamkorligidagi asosiy sabab Chempionlar ligasi finalini AQSHda o'tkazish va turnirga Amerika ommasini jalb qilishdir. Oldin Yevropa turniri hech qachon boshqa qitalarda o'tkazilmagan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: independent.co.uk