UEFA “Barselona” – “Napoli” o'yini qayerda o'tishiga aniqlik kiritdi

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2020
Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan javob bahsi rejalashtirilganidek Kataloniyada bo'lib o'tadi.

Jamoalar o'rtasidagi ilk bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi. “Kamp Nou”dagi bellashuv esa 8 avgustga belgilangan. Avvalroq, Kataloniyada koronavirus bilan bog'liq holatlar ortib borayotgani tufayli “Barselona” – “Napoli” uchrashuvi Lissabonga ko'chirilishi ko'rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

UEFA bugun Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi bilan bog'lanib, bo'lajak uchrashuv o'tkazilishiga hech qanday xavf yo'qligini aniqlab olgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: EFE