UEFA Akinfeev uchun SSKAga kompensaciya puli to'laydi

Aziz Tukhtamuradov
28 mar 2015, 19:55
Moskvaning SSKA jamoasi Igor Akinfeevning Rossiya terma jamoasi safida olgan jarohati sababli qo'shimcha sug'urta puli oladi.
Bu haqida klub prezidenti Evgeniy Giner aytib o'tdi.

"UEFA barcha futbolchilarni majburiy sug'urta qildirgan", - deydi prezident.

Eslatib o'tamiz, Chernogoriya - Rossiya o'yinining 20-soniyasida darvozabonga pirotexnika vositasi uloqtirildi va u darxol maydonni tark etdi.

Ayni paytda uning ahvoli birmuncha yaxshilangan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru