Uch klub "Chelsi" himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
6 avg 2023, 13:35
"Chelsi" himoyachisi Trevor Chaloba jamoasini almashtirishi kutilmoqda.

"Yahoo" xabariga ko'ra, 24 yoshli himoyachiga "Vest Xem", "Everton" va "Kristal Pelas" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. London klubi futbolchisini sotib yuborish niyatida. Biroq himoyachi ketishni istamayapti.

Chaloba bilan amaldagi kelishuv 2028 yil yoziga qadar davom etadi. U o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 34 o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Yahoo