U20 JCH-2015 Yangi Zelandiya. Musobaqa ochilish uchrashuvida durang qayd etildi

Aslanov Jasurbek
30 may 2015, 09:10
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 06:00da 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati start oldi.
Ushbu turnirning ilk uchrashuvida mezbonlar, Yangi Zelandiya U20 Ukraina yoshlariga qarshi maydonga tushishdi. Kichik mundialning birinchi o'yinida hisob ochilmadi va ikkala jamoa bir ochkodan bo'lishib olishdi.

Yangi Zelandiya U20 - Ukraina U20 0:0
Okland, Shimoliy Xarbor stadioni

Yangi Zelandiya: Seyl, Tuiloma (Xadson-Vixongi), Mitchell, Uinn, Brazerton, Rufer (Billingsli 64), Ej, Lyuis, Dayer, Ridenton, Stivens (Petterson 73).

Zaxira: Xerst, Canev, Messenjer, Braun, de Yong, Xoltxuzen, Bleyk

Ukraina: Sarnavskiy, Burda, Kacharaba, Sobol, Kovalenko, Chumak, Polegenko, Xaratin (Tankovskiy 81), Besedin (Yaremchuk 90), Kabaev, Tatarkov (Nemtinov 90).

Zaxira: Gricenko, Pidkivka, Kovtun, Kuznecov, Gabelok, Tkachuk.

Ogohlantirish: Brazerton 67.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia